Asosiy qismga oʻtish
waytocollocationsviaCOCA

8–9-sinflar uchun · ingliz tili

Kollokatsiyalarni oʻrganing va mashq qiling

Kollokatsiya — ingliz tilida tabiiy ravishda birga ishlatiladigan soʻzlar birikmasi.

make a decision pay attention save energy

Kollokatsiya nima?

Kollokatsiya — ingliz tilida odatda birga ishlatiladigan so‘zlar. Masalan, inglizlar make a mistake deydi, do a mistake demaydi. Take a photo deydi, make a photo demaydi. Heavy rain deydi, strong rain demaydi. Ikkala variant ham grammatik jihatdan to‘g‘riga o‘xshaydi, lekin faqat bittasi tabiiy eshitiladi.

Shuning uchun so‘zlarni alohida emas, juftligi bilan yodlang. Faqat homework emas, do homework. Faqat advice emas, give advice, ask for advice.

Nega bu muhim?

Grammatikani yaxshi bilsangiz ham, so‘zlarni noto‘g‘ri juftlasangiz, nutqingiz g‘alati eshitiladi. Kollokatsiyalarni bilsangiz, tez va tabiiy gapirasiz, yozganingiz ham ravon bo‘ladi.

Bu saytda nimani o‘rganasiz?

Har bir mavzu darsligingizdagi bir unitga asoslangan. Kollokatsiyalar faqat shu unit matnlari, dialoglari va mashqlaridan olingan. Har bir mavzuda quyidagilar bor:

  • Lug‘at — kollokatsiyalar, ularning o‘zbekcha tarjimasi va misollar;
  • Matn — kollokatsiyalar ichida ishlatilgan qisqa hikoya;
  • Mashqlar — osondan qiyinga qarab:
    • flashcards;
    • moslashtirish;
    • test;
    • Korpus detektor;
    • xatoni tuzatish;
    • yozib ko‘rish;
    • 3 daqiqalik gapirish;
  • Video — mavzuni o‘zbek tilida tushuntiruvchi video dars.

Har bir mavzuni bir martada, mustaqil bajarasiz.

Korpus detektor nima?

Korpus — millionlab haqiqiy inglizcha gaplar to‘plami. Korpusga qarab, qaysi so‘z qaysi so‘z bilan birga kelishini ko‘rish mumkin. Korpus detektor mashqida siz detektiv bo‘lasiz: gaplarga qarab, yashirilgan so‘zni topasiz.

Ehtiyot bo‘ling: so‘zma-so‘z tarjima qilmang

O‘zbekchaNoto‘g‘riTo‘g‘ri
xato qilmoqdo a mistakemake a mistake
uy vazifasini qilmoqmake homeworkdo homework
suratga olmoqmake a phototake a photo
televizor ko‘rmoqlook TVwatch TV
dori ichmoqdrink medicinetake medicine
imtihon topshirmoqgive an examtake an exam
kuchli yomg‘irstrong rainheavy rain
…bilan mashhurfamous withfamous for

Qanday o‘rganish kerak?

  1. Yangi so‘zni doim sherigi bilan yozib oling: advice emas, give advice.
  2. Matn o‘qiganda birga kelgan so‘zlarga e’tibor bering.
  3. Kollokatsiyalarni o‘z gaplaringizda ishlating, ovoz chiqarib gapiring.
  4. Ishonchingiz komil bo‘lmasa, korpusda tekshiring.

01 / Video

Video darslar

02 / Bosqichlar

Mashq bosqichlari

Keyingi bosqich oldingisining kamida 70% topshirigʻi bajarilganda ochiladi — javoblar toʻgʻri boʻlishi shart emas.

  1. 1 FlashcardIbora kartasini aylantiring: taʼrif va tarjimani koʻring.
  2. 2 Matching (moslashtirish)Iboralarni ularning taʼriflari bilan juftlang.
  3. 3 TestHar bir savol uchun toʻgʻri javobni tanlang.
  4. 4 Korpus detektiviKorpus qatorlarida yashiringan soʻzni toping va tabiiy birikmani aniqlang.
  5. 5 Xatoni tuzatingNotoʻgʻri birikmani topib, toʻgʻri variantini yozing.
  6. 6 Writing (collocations)Tarjimaga qarab mos inglizcha kollokatsiyani yozing.
  7. 7 Speaking on the topicMavzu boʻyicha inglizcha gapiring va ovozingizni yozib oling.